Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi
    18.06.2021

    2021-yil 18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha O'zbekiston Respublikasida "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish doirasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida oʼquv soati oʼtkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    O‘quv soati ishtirokchilarga yurtimizda "Elektron hukumat" doirasida loyihalarni amalga oshirish, aholiga zamonaviy elektron davlat xizmatlarni ko'rsatish, "Raqamli O'zbekiston-2020" Dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.