Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ining yaratilish tarixi
    17.06.2021

    Telegram - asosan smartfonlar uchun mo‘ljallangan, har xil tipdagi fayllar va xabarlarni almashinish maqsadida yaratilgan messendjer hisoblanadi. Foydalanuvchilar telefon nomerlari orqali ro‘yxatdan o‘tishadi. Hozirgi kunda bu messenjer juda mashhur hisoblanadi.

    Telegram ijtimoiy tarmog‘ining yaratuvchisi, 30 yoshida milliarder bo'lgan rossiyalik dasturchi Pavel Durov va akasi Nikolay Durovlardir. Ular birgalikda Telegram ustida 18 oy davomida ishlab,  ushbu ilovani 2013 – yilda yaratishga muvaffaq bo‘lishdi.

    11 yoshidan boshlab Durov dasturlashga qiziqadi va maktab kompyuterlarining parollarini osonlik bilan aniqlashga harakat qiladi va bunga erishadi ham. O'sha paytlarda u dasturlashni chuqur o'rganib, maktabdagi barcha kompyuterlarning "заставка" larini dastur orqali o'zgartirib qo'yadi.

     

    Telegramga oid quyidagi faktlar mavjud:

    •  messendjer asoschilari aka-uka Durovlar hisoblanishadi;
    •  Telegram IOS, Android, Windows Phone, Win, Mac OS va Linux kabi operatsion tizimlarda ishlaydi;
    • 2013-yilda yaratilgan bo‘lib, 2014-yil fevral oyida, AKTIV foydalanuvchilar soni bo‘yicha mashhur Viber va WhatsApp messendjerlarini ortda qoldirdi.
    • 2013-yil 14- avgustda dastlabki telegram kliyenti iOS uchun paydo bo‘ldi;
    • 2013-yil 22-avgustda Android platformasi uchun, telegram messendjeri yaratildi;
    •  shu yil oktabr oyida messendjerning “telegram.org” nomli sayti ishga tushdi;
    • «TJournal» ma’lumotlariga ko‘ra 2013-yil noyabr oyi hisobi bo‘yicha 1 million o‘rnatilish amalga oshirilgan ekan;
    • Telegram orqali 1 Gb hajmgacha bo‘lgan faylni jo‘natish va bir vaqtning o‘zida 100 ta foydalanuvchigacha chatni amalga oshirish mumkin.
    •  bu messendjer yaratuvchilari xavsizlikka katta e’tibor berishadi. Shuning uchun, havfsizlikni buzish bo‘yicha har xil musobaqalar uyushtirib, sovrin sifatida katta hajmdagi pul mukofotlari va’da qilishadi;
    •  ma’lumotlar uzatish tizimi MtProto protokoli asosida amalga oshiriladi, bu protkol asoschisi Nikolay Durov hisoblanadi;
    • eng katta yutug‘i “Telegram messendjerida reklama mavjud emas”;
    • Telegram messendjerini faqatgina 2 ta ro‘yxatdan o‘tgan versiyasi mavjud, ulardan biri iPhone, ikkinchisi Android uchun chiqarilgan.
    •  serverlari dunyoning 5 ta davlatida joylashgan, yevropa foydalanuvchilari uchun Londondagi datacenter, osiyo uchun Singapurdagi datacenter, meksikaliklar uchun San-Fransiskodagi datacenterlar xizmat qiladi. Asosiy server degan tushuncha yo‘q, hammasi birdek ishlaydi;
    • Telegramning shtab-kvartirasi Berlinda joylashgan
    • eng qiziq tomoni shundaki, rossiya aholisining bor yo‘g‘i 1% bu messendjerdan foydalanilar ekan;
    • 2014-yil mart oyi statistikasiga ko‘ra, messendjer foydalanuvchilari soni 35 mlnga yetkan.

     

    Telegram’ning bilishimiz kerak bo‘lgan 10 ta imkoniyati:

    1. Muhim narsalarni “Tanlangan”da saqlash

    “Tanlangan” bo‘limi o‘z-o‘zingizga xabar yuborish imkoniyatini berishini hamma ham bilmaydi. Uning yordamida fayl, foto va oddiy havolalarni kompyuterdan smartfonga yuborish qulay. Bu bo‘lim Telegram’dan foydalaniladigan barcha qurilmalar uchun umumiy almashish buferi rolini bajarishi mumkin.

    2. Xabarlarni sezdirmay o‘qish

    Yangi xabarni ochishingiz bilan uni yuborgan odamda xabar ko‘ringani haqidagi belgi paydo bo‘ladi. Telegram’ning mobil ko‘rinishida suhbatdoshingizga bildirmay, u yuborgan xabarni o‘qish mumkin. Xabarni olganingiz zahoti uni ochmang va smartfonda uchish rejimini yoqing. Keyin esa xabarni oching, uni o‘qib, Telegram’ni yoping. Keyin esa uchish rejimini o‘chirish va ilovani yana ishga tushirish mumkin. Agar barini to‘g‘ri bajargan bo‘lsangiz, suhbatdoshingiz uning xabarini o‘qiganingizni ko‘rmaydi.

    3. Videoni “suratda surat” rejimida tomosha qilish

    Messenjerning mobil ko‘rinishida YouTube-videoni chatning o‘zida tomosha qilish mumkin. Buning uchun havola yonida aks etgan prevyu-rasm ustiga bosishning o‘zi kifoya. Hamma  ham videoni “rasmda rasm” rejimi, ya'ni barcha chatlarning ustidagi kichik oynada ishga tushirish mumkinligini bilmaydi. Buning uchun rolikni Telegram’da ishga tushiring va uning tepasidagi to‘g‘ri-to‘rtburchak shaklidagi belgiga bosing. Paydo bo‘lgan oynani joydan-joyga olish mumkin, biroq o‘lchami o‘zgarmaydi. Bu rejim bir vaqtning video ko‘rib, do‘stlar bilan yozishish imkoniyatini beradi. U ovoz tasvirga qaraganda muhimroq bo‘lgan vaziyatlarda ayniqsa foydali. Chunki bu kabi kichik ekranda video odatda aniq ko‘rinmaydi.

    4. Xabarga paydo bo‘ladigan ogohlantirishning o‘zida javob berish

    Har bir yangi xabarga yozishga ilovani ochmaslik uchun xabarnomaning o‘zida javob berish funksiyasidan foydalanish mumkin. Ya'ni matnni terish qismiga ega xabarga boshqa dastur va ish stoli ustida matn teriladi. Bu funksiyani faollashtirish uchun sozlamalarda ogohlantirish va ovozlar bo‘limini izlang, u yerdan esa “Paydo bo‘luvchi ogohlantirish”ni toping. Agar “Har doim ko‘rsatish” belgilansa, yangi xabar ekran o‘chgan yoki bloklangan holida ham u o‘zi haqida ma'lum qiladi.

    5. Audioxabarni tugmani bosmasdan yozish

    Messenjerning mobil shaklida tanlangan chatda audioxabar yozish uchun mikrofon belgisini bosish kerak bo‘ladi. Bu hech kimga sir emas. Biroq hamma ham mikrofon ustiga bosgandan keyin barmoqni olmay, uni yuqoriga tortilsa, yozish avtomatik rejimda davom etishini bilmaydi. Bu uzun audioxabarlarni yozishda juda qulay.

    6. Audioxabarni avtomatik tarzda yozish

    Ovozli xabarni tez yozishning boshqa usuli ham bor: bor-yo‘g‘i kerakli chatni ochish va smartfonni quloqqa tutish. Qurilma ekrani o‘chadi va avtomatik yozish boshlanadi. Agar funksiya ishlamasa, Telegram sozlamalarida o‘chgan bo‘lishi mumkin. “Yaqinlashtirganda ovozni yozish” funksiyasi ishlayotganini tekshiring.

    8. Suratlar ustiga niqob joylashtirish

    Telegram’ga surat yuborishda smartfonda tasvirni kadrlashtirishingiz, rangini o‘zgartirishingiz, imzo qo‘shishingiz yoki turli qiziqarli stiker-niqoblarni yopishtirishingiz mumkin. Bu kulgili parik, soqol, ko‘zoynak, hayvon quloqlari va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bunday stikerlarni tanlash uchun xabarni yuborish menyusida smartfon kamerasi yordamida suratga oling. Keyin tahrirlash menyusida cho‘tkaga, keyin esa niqob belgisiga bosing. Messenjer tomonidan taklif etilgan barcha stikerlarni aylantirish, shuningdek, ularning o‘lchamini o‘zgartirish mumkin.

    9. Chatni parol bilan himoya qilish

    Bu funksiya yozishmalarni begona ko‘zlardan yashirish imkonini beradi. U bloklanmagan smartfonni kutilmaganda biror yerda qoldirganingizda foydali bo‘ladi. Tasdiqlash kodisiz hatto chatlar ro‘yxatini ham ko‘rish mumkin bo‘lmaydi. Funktsiya “Kod-parol” deb nomlanadi hamda maxfiylik va xavfsizlik sozlamalarida mavjud. Chatlar ro‘yxatida to‘rt belgidan iborat parol yaratilganidan keyin yuqoridagi qulf belgisiga bosish kerak.  Keyin ilovani yopishingiz yoki smarfton ekranini o‘chirishingiz mumkin. Telegram’ga kirishdan avval o‘sha parol so‘raladi.

    10. Xabarlari o‘chirilgan chatlarni ochish

    Telegram’dagi chat va kontaktlar ro‘yxati hali ham tartibga solinmagan. Ularning barchasidan yangi xabarlar kelganida hatto belgilangan kanallar xabarlarini o‘chirish ham qutqarmaydi. Bu muammoni yechish uchun ko‘pchilik Plus Messenger kabi muqobil mobil mijozlarga o‘tadi. Unda chat, kanal, bot va boshqalar uchun alohida havolalar mavjud. Bu haqiqatan ham qulay, biroq desktop shaklida bu qanday bo‘ladi. Yechim mavjud. Sozlamalarni oching, inglizcha shaklni yoqing va workmode so‘zini yozing. Harakatni tasdiqlash so‘raladigan xabar paydo bo‘lishi kerak. Keyin dastur qayta ishga tushadi va chat hamda kanallar ro‘yxatida “Chatlarni ogohlantirmasdan yashirish” yozuvi paydo bo‘ladi. Unga bosish orqali ogohlantirishlari o‘chirilgan barcha chatlarni yashirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati