eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT sohasidagi ta’lim tizimidagi amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berildi
    04.06.2021

    2021-yil 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha AKT sohasida ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida onlayn shaklda oʼquv soati oʼtkazildi.

    O‘quv soatida AKT sohasidagi ta’lim tizimidagi amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida aytib o‘tildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnogiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 7 maydagi 288-son qarori qabul qilingan.

    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiai tashkil etildi.

    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Axborot-resurs markazida “Raqamli kutubxona” tashkil etildi.

    TATU huzurida faoliyat yurituvchi, oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati