Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Quyichirchiq tumanida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda
    16.06.2021

    Toshkent viloyati shahar va tumanlarining “o‘sish nuqtalari”ni rivojlantirish, “mahallabay” ishlash tizimi asosida mavjud muammolarni tezkor hal etish to‘g‘risidagi berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.

    Jumladan, “O‘zbektelekom” AK Toshkent filiali tomonidan Quyichirchiq tumanining “Gulmahalla” fuqarolar yig‘ini hududida sig‘imi 3 520 ta portga teng bo‘lgan qurilma o‘rnatildi. Quyichirchiq telekommunikatsiya bog‘lamasi mutaxassislari hududlarda faol sotuv aksiyalari o‘tkazishdi.

    Natijada “Gul”, “Yulduz”, “O‘jakent”, “Qiz-ona” aholi punktlari telekommunikatsiya xizmatlari bilan qamrab olindi. Mazkur aksiya doirasida mahallalardagi har bir aholi bilan muloqot qilinib, yangi xizmatlar doirasida shartnomalar imzolandi.

    “O‘zbektelekom” AK tomonidan optik aloqa liniyalari orqali yuqori tezlikdagi internetga ulanish uchun aksiya doirasida yangi internet foydalanuvchilariga abonent qurilmalari va 100 metr kabel bepul taqdim etilmoqda.