Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryo viloyatida yoshlar o‘rtasida kibersport musobaqasi bo‘lib o‘tdi
    15.06.2021

    Qashqadaryo viloyatida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” nomli yoshlar  festivali  doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi  bilan hamkorlikda Shahrisabz shahrining Raqamli texnologiyalar o’quv markazida kibersportning “CS.GO” yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida musobaqa o’tkazildi. Unda yoshlarning mazkur sport turi borasidagi mahoratlari sinovdan o‘tkazildi.

    Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni “Stargame”, 2-o‘rinni “UzWar”, 3-o‘rinni “IT-Kesh” jamoalari qo‘lga kiritdilar.  

    G‘olib jamoa a’zolari musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

    Manba: Axborot xizmati