Andijon viloyatida o‘tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida Digital city texnoparkida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi, Andijon shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Digital city texnoparki hamkorligida kibersportning “Counter strike” yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida musobaqa o’tkazildi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni “Carrigan PRO”, 2-o‘rinni “MYU”, 3-o‘rinni “Kamolot 2017” jamoalari qo‘lga kiritdilar.
G‘olib jamoa a’zolari musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Manba: Axborot xizmati