Birinchi kirish imtihonidan o‘ta olmagan talabalar uchun ikkinchi kirish imtihonida qayta topshirish imkoniyat beriladi.
Ikkinchi kirish imtihoni 12-iyul kuni bo‘lib o‘tadi va “Artificial intelligence” (AI) tizimi uchun ishlab chiqilgan maxsus platforma orqali Hindistonlik professor-o‘qituvchilar nazoratida o‘tkaziladi.
Hozirda abituriyentlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlarni topshirishlari mumkin:
“International Foundation studies” (Xalqaro boshlang‘ich ta’lim)
Bakalavriat yo‘nalishida:
- Axborot texnologiyalari
- Kompyuter injiniringi
- Iqtisodiyot
- Turizmni boshqarish
- Biznes boshqaruvi
Magistratura mutaxassisligi:
- Axborot texnologiyalari
Qo‘shimcha ma’lumot universitet sayti (http://amity.uz) hamda quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin: 998712079006, 998712079007.