Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • BDIRU talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
    03.06.2021

    Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan yoshlar siyosati sohasida qator ustuvor vazifalar belgilanib, samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, chet elda o‘qiyotgan yoshlar bilan ishlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, zamonaviy jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish ma’suliyatli vazifalarimizdan biridir.

    Shundan kelib chiqib Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi maʼsul xodimlari Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib,  ular  bilan  ochiq muloqot o'tkazdi.

    Ochiq muloqot davomida BDIRU talabalari bilan nafaqat IT sohaga oid muammolar, bundan tashqari yoshlarni qiziqtiradigan barcha masalalar ham batafsil muhokama qilindi. Yoshlar tomonidan sohani rivojlantirishga oid takliflar, mulohazalar bildirildi. Shuningdek, AKT vazirligi maʼsul xodimlari  talabalarning o‘qish jarayoni va bo‘sh vaqtlari qanday tashkillashtirilganligi bilan tanishdilar.

    - Bugungi kunda yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamon talablariga javob beradigan mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda. Albatta, biz talabalar uchun bunday e’tibor quvonarli holdir. Men Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan hamkorlikda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan hamkorlik asosidagi fakultet (TATU-BDIRU) talabasiman. Dastlabki 2 yillik o‘qishni TATUda, keyingi 2 yilni esa BDIRUda davom ettiryapman. Bilim olishimiz, mustahkam ko‘nikmalarga ega bo‘lishimiz uchun bu yerda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ishonch bilan ayta olamanki, kelajakda vatanimizga qaytib soha rivoji va ravnaqi yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shamiz, - deydi BDIRU talabasi Abrorjon Raxmanov.

    Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, AKT sohasidagi mutaxassislarni hamkorlikda  o'qitish va malakasini oshirish doirasida samarali ishlar olib borilmoqda. Belarus Respublikasi Prezidentining 2018-yil sentyabr oyida O'zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan hamkorlikda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo'naltirilgan hamkorlik asosidagi  fakultetini (TATU-BDIRU) tashkil etish to'g'risidagi shartnoma imzolandi. 

    Bugungi kunda hamkorlik asosidagi  fakultetning  birinchi kursda 361 nafar talaba, ikkinchi kursda 484 talaba uchta yo'nalish  ya’ni  "Axborot texnologiyalari dasturiy ta'minoti", "Dasturlashtiriladigan mobil tizimlar" va sun'iy intellekt bo'yicha ta’lim olmoqdalar. Fakultetda o'qitish "2 + 2" modeli asosida amalga oshiriladi: dastlabki 2 yillik o'qish TATU va uning mintaqaviy filiallarida, keyingi 2 yil esa BDIRUda bo'lib o'tadi. Talabalar o’qishni bitirgandan so'ng, ikkala universitetning diplomiga ega bo'ladilar.

    Bugungi kunda yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida zamonaviy, ilg‘or-innovatsion yutuqlardan foydalangan holda shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O‘zbekiston bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Natijada bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat’iy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning ertangi taraqqiyotini tobora hal qiluvchi kuchga aylanib boryapti. Uchrashuvda talabalar dolzarb masalalarni dadil ko‘tarib, ilg‘or fikrlari bilan faol qatnashdilar.

     

    Manba: Axborot xizmati