Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri bilan BDIRU talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    02.06.2021

    O'zbekiston Respublikasi AKT vazirligi delegatsiyasining "TIBO-2021" XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumida ishtirok etish uchun Belarus Respublikasiga tashrifi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti talabalari bilan uchrashdi.  

    Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti IT iqtisodiyoti fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida, bugungi kunda AKT sohasining yuqori suratdagi taraqqiyoti, davlatlarning global dunyoga tizimli ravishda, transformatsiyalashib borishi, uning mamlakat yoshlari ijtimoiylashuvidagi ahamiyati, yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar  haqida so’z yuritildi.

    Qanday soha bo’lishidan qat’iy nazar uning istiqboli va rivojlanishini zamonaviy IT texnologiyalarsiz tasavvur etish juda mushkul. Ayniqsa, IT parklar, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda o’quv markazlari, universitetlarning tashkil etilishi, startap g‘oyalarning ilgari surilishi aholi turmush tarzi va farovonligining yaxshilanishiga olib keladi hamda  u yerdagi mahalliy rivojlanish darajasiga ijobiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimiz Belarus davlati bilan hamkorlikda yoshlarning IT sohasidagi ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirishi, ularning o‘z intellektual bilimini namoyon qilishi, analitik fikrlashi uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligini alohida ta’kidlash zarur,- dedi AKT vaziri Sh. Sodiqov.

    Shuningdek, Belarus Prezidentining 2018-yil sentyabr oyida O'zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan hamkorlikda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo'naltirilgan hamkorlik asosidagi  fakultet (TATU-BDIRU)  tashkil etilgan edi.

    Bugungi kunda BDIRU o'qituvchilari bilan onlayn formatda sifatli darslar va kunduzgi ma'ruzalar o'qitilishi, Belarus universitetida hamkorlik asosidagi fakultet o'qituvchilarining amaliyotini tashkil etish, birgalikda tadqiqotlar olib borish masalalari yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

    Kelajakda TATU va BDIRU o'rtasidagi munosabatlar yangi darajaga ko'tarilib, ta'lim va fan sohasida hamkorlik asosidagi dastur va loyihalar yaratiladi va samarali natijalarga erishiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati