1-iyun kuni Milliy matbuot markazida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman Axborot texnologiylari va kommunikatsiylarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazi vakillari ishtirok etdi.
Mazkur tadbir mahalliy telekanallarda jonli efir orqali ko‘rsatilib, unda 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik holati bo‘yicha mutahassislar tomonidan ma’lumot berildi.
Jumladan, ijodiy imtihonlar oliy ta’lim muassasalarda o‘tkaziladi, bunda imtihonlarni onlayn kuzatib borish uchun videokuzatuv moslamalari o‘rnatilishi to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Matbuot anjumani yakunida fuqarolar tomonidan kelib tushgan savollarga batafsil javob berildi.
Manba: Axborot xizmati