Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida “JobFest-2021” yarmarkasi boʻlib oʻtdi
    28.05.2021

    O’tkazilgan “JobFest-2021” boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasining asosiy maqsadi, Oʻzbekiston va xorijdagi barcha eng ilgʻor tashkilotlar bilan hamkorlikda AT yoʻnalishidagi barcha universitetlarning bitiruvchilari va talabalarini ish bilan ta’minlashdir.

    Tadbirda  “Akfa Group”, “Huawei”, “Oʻzbektelekom” AK, “CLICK”, “UCELL”, “IT Park”, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, banklar va boshqa koʻplab tashkilot vakillari tashrif buyurdilar.

    Shuningdek, “JobFest-2021” yarmarkasi  doirasida yetakchi mahalliy va xalqaro kompaniyalarning kadrlar boʻyicha mutaxassislari tomonidan “Successful Employment Life Hacks” master- klasslari oʻtkazildi.  Ushbu maʼruzachilarning taqdimotlari talabalarda katta qiziqish uygʻotdi. Ular ish bilan taʼminlash boʻyicha foydali maslahatlar olish imkoniyatiga ega boʻldilar.

    Shu bilan birga, yarmarka doirasida “IT Talks”  konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda maʼruzachilar  tomonidan AKT bozorining hozirgi holati va ish izlayotgan yosh mutaxassislar oldida turgan muammolar haqida soʻz yuritdilar. “IT Talks” konferensiyasi  tinglovchilari koʻplab yangi va foydali maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

     

    Manba: Axborot xizmati