Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi Ishchi guruhining Andijonda xizmat safari boshlandi
    15.06.2021

    Bugun, 15 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi Ishchi guruh Andijon viloyatidagi soha korxona, tashkilot va muassasalari tarkibiy bo‘linmalari faoliyati bilan tanishishni boshladi. An’anga aylangan mana shunday o‘rganishlarda erishilgan yutuqlar bilan birga, muammoli masalalarni joyida hal etishga ham katta e’tibor qaratiladi.

    Navbatdagi tashrif «Radioaloqa, radioeshittirish aa televideniye markazi» DUKning Andijon radiotelevideniye uzatish markazidan boshlandi.

    Andijon shahar yaqinidagi Beshbosh adirligida dengiz sathidan 892 metr balandlikda joylashgan radiotelevizion stansiyada 186 mertlik minora o‘rnatilgan. Bu yerdan Andijon viloyati 100 foiz, Farg‘ona viloyati 70 foiz va Namangan viloyatining 60 foiz teleradioeshittirish dasturlari bilan qamrovi ta’minlanadi.

    Shuningdek, stansiyadan «O‘zbekiston», «Yoshlar», «Mahalla» va «O‘zbekiston 24» radiodasturlari ham uzatiladi.

    Andijon radiotelevideniye uzatish markazi mutaxassislari Ishchi guruhga kelgusida qilinadigan ishlar xususida gapirib berishdi.

    - Zimmalaringga yuklangan vazifa g‘oyatda mas’uliyatli, - dedi AKT vaziri Shuhrat Sodiqov markaz xodimlari bilan muloqot chog‘ida. - Har qanday sharoitda ham aholiga teleradiodasturlarni sifatli uzatish muhim. Buning uchun sizlarga zarur sharoitlar yaratilib berilishi kerak. Bu borada bor kuchimizni ayamaymiz.