Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahrida AKT vazirligi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi
    15.06.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshchiligida Toshkent shahri Yangi hayot tumanida aholi uchun dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘rganish hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtrokida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

    Mazkur sayyor qabulda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J.Maxsudov, AKT vazirligi Markaziy apparati, AKT vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda tizimdagi korxona va tashkilot rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.

    Sayyor qabul jarayonida aloqa tarmoqlari va internet tarmog‘iga ulanish masalasida fuqarolardan arizalar kelib tushdi.

    Tushgan murojaatlarni aksariyati ishchi guruh tomonidan shu kuning o‘zida joyiga chiqan holda o‘rganib chiqildi va aloqa tarmog‘idagi nosozliklar bartaraf etildi.

    Shuningdek, har bir murojaatchining murojaatlari o‘rnatilgan tartibda nazoratga olindi hamda ko‘rib chiqish uchun ma’sullarga topshiriqlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati