Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vobkent tumanida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda
    15.06.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi  tomonidan Vobkent tumanida telekommunikatsiya hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

    Jumladan, tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi hamda “O‘zbektelekom”AK Buxoro filiali hamkorligida tumandagi mavjud videokuzatuv qurilmalarini yagona tizimga ulash bo‘yicha ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tashkil qilindi.

    Kelajakda ushbu videokuzatuv qurilmalarini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi  tomonidan Vobkent tuman hokimligi binosida tashkil etilayotgan Vaziyatlar markaziga to‘liq ulash rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati