Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sifatli mobil xizmatlarni koʻrsatishda ilgʻor texnologiyalar joriy etilmoqda
    14.06.2021

    Bugungi kunda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida aholiga zamonaviy mobil aloqa xizmatlarni ko‘rsatishda bir qator ishlar olib borilmoqda.

    Optik tolali aloqa liniyalarini qurish loyihasini amalga oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarga toʻxtaladigan boʻlsak, 2020-yilda optik tolali tarmoqlarning umumiy uzunligi 68,6 ming kilometrni tashkil etgan boʻlsa, 2021-yilning  birinchi choragida esa 81,7 ming kilometrga yetkazildi. Joriy yil oxiriga qadar esa ushbu koʻrsatkichni 118,6 ming kilometrgacha yetkazilishi rejalashtirilgan.

    Bugungi kunda 1 million ta Internet tarmogʻiga keng polosali ulanish portlari oʻrnatilib, ularning umumiy soni 3 millionga yetkazildi. 2021-yil oxiriga qadar portlarning soni 3,9 milliongacha yetkaziladi.

    Mazkur loyiha boʻyicha ishlarning asosiy qismi yakunlanganligi munosabati bilan, 2021-yil 1-yanvardan transport kanallarini ijaraga berish xizmati joriy narxi 2 barobarga arzonlashtirildi.

    2020-yilda Respublika boʻyicha 31,7 mingdan ortiq mobil aloqa baza stansiyalari mavjud boʻlgan boʻlsa, 2021-yil 5 oyi davomida 3389 ta baza stansiyalari ishga tushirilib, jami 35,12 mingdan ortiq mobil aloqa baza stansiyalari faoliyat koʻrsatmoqda.

    Mobil abonentlari soni ham izchil ko'payib kelmoqda. Ularning soni 2013-yilda 20,3 milliondan oshmagan boʻlsa-da, 2021-yil 1-iyun holati boʻyicha mazkur koʻrsatkich 27 millionga yetkazildi.

    Internet tezligi ham tobora oʻsib kelmoqda. Jumladan, 2013-yilda xalqaro maʼlumotlar uzatish tarmogʻining oʻtkazuvchanlik qobiliyati atigi 7 Gbit/s. tashkil etgan boʻlsa-da, 2020-yil natijalari bo'yicha mazkur koʻrsatkich 1 200 Gbit/s. gacha oʻsdi.

    Taʼkidlash kerakki, 2020-yilga qadar, asosan, telefon xizmatlarini koʻrsatuvchi 2G mobil tarmoqlarini kengaytirish vazifasi bajarilgan boʻlsa, hozir tarmoq qamrovini oshirish boʻyicha loyihalar 3G/4G texnologiyalariga asoslanmoqda. Xususan, 2020-yilda 5 ming 641 ta mobil aloqa baza stansiyalari oʻrnatilib ishga tushirildi, bundan tashqari 3 ming 600 ta 2G baza stansiya 3G/4G standartiga modernizatsiya qilingan. 2021-yil 1-iyun holatiga 3389 ta mobil aloqa tayanch stansiyalari oʻrnatilib ishga tushirilgan.

    Bugungi kunda aholiga qulaylik yaratish maqsadida mobil internet xizmatlari narxlarini yanada arzonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Masalan, 2013-yilda provayderlar uchun 1 Mbit/s. tezlikda Internet tarmogʻiga ulanish narxi 422,27 AQSh dollarni tashkil etgan. 2019-2020-yillarda operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif mavjud texnik quvvatlarni keskin oshirish hisobiga 2021-yil yanvardan operator va provayderlarga xalqaro paketli kommutatsiya markazi (XPKM) orqali taqdim etiladigan 1 Megabit/s tezlikdagi kanal narxi 2 barobarga arzonlashtirildi va ushbu xizmat narxi 40 ming soʻm deb belgilangan. Bu oʻz navbatida operator va provayderlarning respublikamizning chekka hududlarida faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. 2021-yil may oyidan ushbu xizmat joriy narxi yana 30% ga arzonlashtirildi va 32 ming so‘mni tashkil qiladi.

    Olib borilayotgan ushbu samarali ishlarni xalqaro portallar ham eʼtirof etmoqda. Misol uchun, Britaniyaning Cable.co.uk portali dunyodagi mobil internet narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Unga koʻra Oʻzbekiston 230 mamlakat orasida 21-oʻrinni egalladi. Bir yil davomida mamlakatimiz koʻrsatkichlarini 33-pogʻonaga koʻtardi.

    Taʼkidlab oʻtish joizki, 2020-yil fevral oyida ushbu saytda https://www.cable.co.uk/ Oʻzbekistonda Mobil internet narxi arzonligi boʻyicha roʻyxatda Oʻzbekiston 54-oʻrinni egallaganini koʻrsatgan edi.

    https://www.cable.co.uk/ resursining maʼlumotlari quyidagi metodologiya asosida shakllantiriladi. Davlatdagi barcha aloqa operatorlarining maʼlum xizmati uchun narxlari, ushbu holatda 1 Gigabayt mobil internet trafik narxlari haqida maʼlumotlar olinib, ularning oʻrtacha qiymati (mediana) belgilanadi va reytingga kiritiladi. Tahlil uchun asosan Internet xizmatidan foydalanish uchun moʻljallangan tarif rejalar va xizmatlar haqida maʼlumotlar olingan.

    Ijtimoiy soha obyektlarini yuqori tezlikdagi Internet bilan taʼminlash doirasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Respublikada 10 ming 156 ta umumtaʼlim maktablari, 5 ming 625 ta maktabgacha taʼlim muassasalari va 3 ming 401 ta sogʻliqni saqlash obyektlari mavjud boʻlib, joriy holatiga 9 ming 765 ta xalq taʼlimi, 5 ming 625 ta maktabgacha taʼlim muassasalari va 3 ming 401 ta sogʻliqni saqlash obyektlariga jami 18 ming 791 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan va yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanish imkoniyati yaratilgan.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan soʻnggi yillarda aholiga sifatli mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish va bu borada zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmani yaratish bo‘yicha qator kompleks ishlar olib borilmoqda.

     

     

     

    Manba: Axborot xizmati