Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yangi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    12.06.2021

    Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”ning 3-yo‘nalishi Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish doirasida  Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 1-sonli kasb-hunar maktabi binosida zamonaviy infratuzilmalar bilan jihozlangan IT-markaz ochildi.  

    Ushbu markaz Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan to’qqizinchi o‘quv markazi hisoblanadi.

    Axborot texnologiyalari markazining tantanali ochilish marosimida Axborot texnologiyalar va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Koson tumani hokimligi rahbar va xodimlari, IT-markazi vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.

    O‘quv markazda aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shu bilan birga o‘quv markazda tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda  xodimlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.

    Tadbirda o’qituvchilar va iqtidorli o’quvchilarga 102 dona so’nggi rusumdagi planshetlar topshirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati