Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri “Telecom innovations” korxonasi faoliyati bilan tanishdi
    12.06.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Navoiy viloyatida joylashgan “Telecom innovations” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

     Yurtimizda AKT sohasida xalq ehtiyoji uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bir qancha korxonalar bor. Ana shunday korxonalardan biri, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasidagi “Telecom innovations” qoʻshma korxonasidir.

    Soha rahbari korxona mutaxassislari bilan ishlab chiqarish jarayonlarini kengaytirish, tayyorlanayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, ularni  mahalliy hamda  tashqi bozorga chiqarish yuzasidan suhbatlashdi. Shu bilan birga, korxonada mehnat qilayotgan yosh xodimlar va ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

    Tadbirkorlik mamlakat iqtisodini koʻtarishda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, bu faoliyat davlat-xususiy sheriklik asosida yoʻlga qoʻyilsa, yanada samarali boʻladi. Hozirgi kunda korxonada monoblok kompyuterlar, smartfonlar, ayniqsa, aholi ehtiyojiga koʻra elektr jihozlari, led-panellar, routerlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Bu esa, kelajakda eksport qilinadigan mahsulotlar sonini yanada koʻpayishiga xizmat qiladi.

    Ma’lumot uchun:

    “Telecom innovations” MChJ O‘zbekiston-Xitoy qo‘sha korxonasi bo’lib, 2010-yilda tashkil topgan. Zavod yiliga 120 ming ta telekommunikatsion uskunalarni ishlab chiqara oladi. Mahsulotning mahalliylashtirish darajasi esa 74 foizgacha yetkazilgan. Hozirda zavodda 68 kishi faoliyat ko‘rsatadi.

     

    Manba: Axborot xizmati