Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amiti universiteti “O'qituvchilar malakasini oshirish" onlayn dasturini taqdim etadi
    10.06.2021

    Toshkent shahridagi Amiti universiteti “O'qituvchilar malakasini oshirish"  bo'yicha 5 kunlik onlayn dasturini  taqdim etadi.

    Ushbu dastur o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirib, ularning malakasini oshirish uchun xizmat qiladi. Darslarni Hindiston, AQSh, Shri-Lanka va Bangladesh davlatlaridan dunyoning taniqli va yuqori malakali professorlari olib boradilar.

    Darslar davomida talabalarning e’tiborini jalb qilish,  AKT vositalari bilan samarali ishlash,  onlayn/oflayn o‘qitish jarayonlari o‘rtasidagi uslubiy farqlar  va hozirgi kunda ingliz tili o‘qituvchilari onlayn darslar davomida duch kelayotgan ko‘plab muammolar muhokama qilinadi.  

     Darslar 2021-yilning 14-18 iyun kunlari onlayn usulda  bo'lib o'tadi.

    Batafsil ma’lumot uchun universitet korporativ pochtasi (e-mail - info@amity.uz) yoki quyidagi telefon orqali murojaat qilish mumkin: (90) 012-67-62.

     

    Manba: Axborot xizmati