Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax shahrida yoshlar festivali doirasida kibersport musobaqasi o'tkazildi
    09.06.2021

    Jizzax viloyatida 5-7 iyun kunlari “O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. 50 mingdan ziyod yoshlarni qamrab olgan festivalda qator yo‘nalishlar bo‘yicha tadbirlar, jumladan kibersport bo‘yicha ham musobaqa o‘tkazildi.

    Mazkur musobaqa O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax hududiy boshqarmasi hamda IT Park Jizzax fililali tomonidan tashkil etilgan, va unda 16 ta jamoa ishtirok etdi.

    Musobaqa so’ngida “MK5” jamoasi g’olib deb tanlandi va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

     

    Manba: Axborot xizmati