Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyatining chekka hududlarida optik tolali aloqa kabellari o‘rnatilmoqda
    09.06.2021

    “O‘zbektelekom” AK tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va har bir uyga optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda Andijon viloyatidagi jami 183 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan 33 ming xonadonga optik tolali aloqa kabellari o'rnatildi.

    Andijon viloyati aholisi uchun qo’shimcha qulaylik yaratish maqsadida, endilikda "Alchali", "Madiyorchek", "Guliston", "Oromgoh", "Zulfikor", "Alchazor", "Mallachek", "Alam", "Ko‘prikboshi", "Do‘rmancha", "Saroy", "Mehnatobod", "Ergashobod", "Raish", "Do‘lan", "Bo‘ston", "Ko‘tarma", "Kayirma", "Kapa", "Kesak", "Yuqori Chuvama", "Birlashgan", "Qizilko‘prik", "Elatan", "Bo‘stonobod", "Cho‘lobod", "Qizilto‘qay", "Ma’murobod", "Yangi-bo‘ston", "Oltinsoy", "Saydobod", "Fayzobod", "Olaqanot", "Dasturxonchi", "Qadim", "Tayt", "Istiqlol", "Sho‘rqishloq", "Eshon", "Qushqo‘noq", "Rovot", "Shaydo", "Oq oltin", "Xilla", "Arabqishloq", "Omonjo‘ra", "Ko‘prikboshi", "Solpi", "Garaguri" qishloq fuqarolar yig’inlari hamda Kumakay, Chumbog‘ich, Beshtol shaharchalari aholi yashash punktlari aholisi optik tolali aloqa liniyalari orqali telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

    2020-yilda “O‘zbektelekom” AK optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 72,1 ming km.ni va aholi punktlarining optik tolali aloqa tarmog’i bilan qamrov darajasi 55 % ni tashkil etgan. Joriy yil yakuniga qadar bu ko'rsatkichni 122,1 ming km.ga yetkazish rejalashtirilgan.  

    Manba: Axborot xizmati