Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amity Universitetida ikkinchi kirish imtihonlari uchun qabul davom etmoqda
    08.06.2021

    Birinchi kirish imtihonidan o‘ta olmagan talabalar uchun ikkinchi kirish imtihonida qayta topshirish imkoniyat beriladi.

    Ikkinchi kirish imtihoni 12-iyul kuni bo‘lib o‘tadi va “Artificial intelligence” (AI) tizimi uchun ishlab chiqilgan maxsus platforma orqali Hindistonlik professor-o‘qituvchilar nazoratida o‘tkaziladi.

    Hozirda abituriyentlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlarni topshirishlari mumkin:

    “International Foundation studies” (Xalqaro boshlang‘ich ta’lim)

    Bakalavriat yo‘nalishida:

     - Axborot texnologiyalari

     - Kompyuter injiniringi

     - Iqtisodiyot

     - Turizmni boshqarish

     - Biznes boshqaruvi

    Magistratura mutaxassisligi:

    -  Axborot texnologiyalari

     

    Qo‘shimcha ma’lumot universitet sayti (http://amity.uz) hamda quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin: 998712079006, 998712079007. 

     

    Manba: Axborot xizmati