Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “IBA IT Park” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
    01.06.2021

    O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasining "TIBO-2021" XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumida ishtirok etish uchun Belarus Respublikasiga  tashrifi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri  Sh. Sodiqov “IBA IT Park” kompaniyasi direktori Sergey Akulich bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida hududiy IT markazlar uchun IT-mutaxassislar va o’qituvchilarni  tayyorlash bo'yicha qo'shma dasturlarni tashkil etish, shuningdek qishloq xo'jaligini raqamlashtirish sohasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

    Ma’lumot uchun:

    “IBA Group” - bu xalqaro xolding bo'lib, Markaziy  va Sharqiy Yevropadagi axborot texnologiyalari (IT) ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi eng yirik integrator tizimlardan biri hisoblanadi.

    Ushbu kompaniya Belarus  Yuqori texnologiyalar parkining eng yirik rezidentlar TOP-10taligi va yetakchi sanalgan beshta IT-kompaniyalari ro'yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga u Belarusdagi eng yirik IT-ish beruvchilarning eng yaxshi 3ligidan o'rin olgan.

    “IBA Group” o'zining 200 dan ortiq dasturiy mahsulotlariga va Belarus, Chexiya, Qozog'iston, Slovakiya, Bolgariya va Polsha davlatlarida 11 ta markazlariga ega.

    Shuningdek, “IBA Group” Belarus Respublikasining 3 ta universitetida o'z o'quv laboratoriyalariga egadir.

    Hozirda kompaniyada 2800 dan ortiq xodim faoliyat yuritadi. “IBA Group” o'zining 25 yillik faoliyati davomida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlaridan buyurtma asosida qabul qilingan 2000 dan ortiq muvaffaqiyatli yirik loyihalarni amalga oshirgan.

     

     

     

    Manba: Axborot xizmati