Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Bektemir tumanida “Raqamli Toshkent” dasturiga kiritilgan loyihalar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
    01.06.2021

    Joriy yilning 1-iyun kuni Bektemir tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq o‘rganish o‘tkazildi.

    O’rganish davomida  shahar xizmatlarini boshqarish, ijtimoiy soha obyektlari, ishlab chiqarish, yo‘l transport va kommunal infratuzilmasining integratsiyalashgan axborot muxitini yaratish maqsadida tasdiqlangan “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi va “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasiga muvofiq hududlarni reytingli baholashning “qizil” va “sariq” ro‘yxatdan joy olgan tumanlarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar muhokama qilindi.

    O‘rganishda O‘zkomnazoratning Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, Toshkent shahar hokimligi va Bektemir tumani hokimligining mas’ul xodimlari ishtirokida “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.

     

     

     

    Manba: Axborot xizmati