Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri "TIBO-2021" forumining Tashkiliy qo'mita raisi o'rinbosari bilan uchrashdi
    01.06.2021

    Bugun, 1-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mas'ul xodimlarining "TIBO-2021" XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumidagi ishtiroki doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Tashkiliy qo'mita raisining o'rinbosari Grigoriy Bondarev bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida AKT vaziri Sh.Sodiqov va Tashkiliy qo'mita raisining o'rinbosari G.Bondarev AKT sohasida O'zbekiston va Belarus o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va boshqa tadbirlarda O'zbekiston vakillarining ishtirokini ta’minlash yuzasidan muhokama bo'lib o'tdi. Ushbu forum tajriba almashish va sohadagi dolzarb tendensiyalarni muhokama qilish uchun yaxshi platforma ekanligi ta'kidlandi.

    Manba: Axborot xizmati