Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyati Jondor tumanida sayyor qabul o`tkazildi
    01.06.2021

    Buxoro viloyati Jondor tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun AKT vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

    Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda mobil aloqa operatorlarining viloyat bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.

    Qabul davomida soha doirasida olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi hamda fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Ushbu murojaatlar yuzasidan  mas`ullar biriktirilib,  nazoratga olindi.

    Manba: Axborot xizmati