Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU va BDIRU o'rtasidagi hamkorlik mustahkamlanib bormoqda
    31.05.2021

    O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyatining "TIBO-2021" XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumida ishtirok etish uchun Belarus Respublikasida bo‘lib turibdi.

    Bugun 31-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vaziri Sh. Sodiqov hamda Belorus davlat informatika va radioelektronika universiteti rektori Vadim Bogushning uchrashuvi bo'lib o'tdi.

    Uchrashuv avvalida, O'zbekiston Respublikasi AKT vaziri Sh.Sodiqov tomonidan bugungi kunda O'zbekiston va Belarus o'rtasidagi o'zaro sheriklik munosabatlari samarali rivojlanib borayotganligini ta'kidladi. AKT sohasi hozirgi kunda ustuvor yo'nalishlar qatoriga kiradi, shu munosabat bilan ikki mamlakat  hamkorligida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

    Shuningdek, Belarus Respublikasi Prezidentining 2018-yil sentyabr oyida O'zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan hamkorlikda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo'naltirilgan hamkorlik asosidagi  fakultetini (TATU-BDIRU) tashkil etish to'g'risidagi shartnoma imzolandi. 

    Bugungi kunda hamkorlik asosidagi fakultetning  birinchi kursda 361 nafar talaba, ikkinchi kursda 484 talaba uchta yo'nalish ya’ni  "Axborot texnologiyalari dasturiy ta'minoti", "Dasturlashtiriladigan mobil tizimlar" va sun'iy intellekt bo'yicha ta’lim olmoqdalar. Fakultetda o'qitish "2 + 2" modeli asosida amalga oshiriladi: dastlabki 2 yillik o'qish TATU va uning mintaqaviy filiallarida, keyingi 2 yil esa BDIRUda bo'lib o'tadi. Talabalar o’qishni bitirgandan so'ng, ikkala universitetning diplomiga ega bo'ladilar.

    Uchrashuv davomida ikki universitet o'rtasidagi o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish shu jumladan, bakalavr va magistr darajalari bo'yicha yangi mutaxassisliklarni ochish, hamda BDIRU o'qituvchilari bilan onlayn formatda sifatli darslar  va kunduzgi ma'ruzalar o'qitilishini  yo'lga qo'yish,  Belorus universitetida hamkorlik asosidagi fakultet o'qituvchilarining amaliyotini tashkil etish, birgalikda tadqiqotlar olib borish masalalari muhokama qilindi.

    Tomonlar ta'kidlaganidek, ushbu uchrashuv va o'tkazilgan muzokaralar TATU va BDIRU o'rtasidagi munosabatlarni yangi darajaga ko'tarib, ta'lim va fan sohasida hamkorlik asosidagi dasturlar va loyihalarni samarali amalga oshirishga hissa qo'shadi va yangi imkoniyatlarga yo'l ochadi.

    Manba: Axborot xizmati