Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari o‘rtasida manfaatli uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    28.05.2021

    Toshkent shahridagi Amiti universitetida “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” rahbariyati Qozog‘iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiya va aerokosmik sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Anuar Axmetjanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashib, bugungi kundagi muhim masalalarni muhokama etishdi.

    Uchrashuv davomida Elektron hukumat markazi vakillari mehmonlarni “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, elektron hukumat loyihalari bilan tanishtirdilar. Shuningdek, ular aniq tasavvurga ega bo‘lishlari uchun ayni vaziyatdagi jarayonlar to‘liq tushuntirildi.

    Muloqot chog‘ida, Elektron hukumat markazi va Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiya va aerokosmik sanoat vazirligining quyi tashkilotlari o‘rtasida raqamlashtirish hamda elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish istiqbollari muhokama qilindi.

    Xususan, Qozog‘istonning “Zerde” Milliy infokommunikatsiya xolding AJ va “Milliy axborot texnologiyalari” AJ bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi. Tomonlar hamkorlikning o‘zaro manfaatli shakllarini ko‘rib chiqishga o‘zaro qiziqish bildirdilar.

    Har ikki davlat uchun manfaatli kechgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkentdagi Amiti universiteti vakillari ham ishtirok etishdi.

    Manba: Axborot xizmati