O’tkazilgan “JobFest-2021” boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasining asosiy maqsadi, Oʻzbekiston va xorijdagi barcha eng ilgʻor tashkilotlar bilan hamkorlikda AT yoʻnalishidagi barcha universitetlarning bitiruvchilari va talabalarini ish bilan ta’minlashdir.
Tadbirda “Akfa Group”, “Huawei”, “Oʻzbektelekom” AK, “CLICK”, “UCELL”, “IT Park”, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, banklar va boshqa koʻplab tashkilot vakillari tashrif buyurdilar.
Shuningdek, “JobFest-2021” yarmarkasi doirasida yetakchi mahalliy va xalqaro kompaniyalarning kadrlar boʻyicha mutaxassislari tomonidan “Successful Employment Life Hacks” master- klasslari oʻtkazildi. Ushbu maʼruzachilarning taqdimotlari talabalarda katta qiziqish uygʻotdi. Ular ish bilan taʼminlash boʻyicha foydali maslahatlar olish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Shu bilan birga, yarmarka doirasida “IT Talks” konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda maʼruzachilar tomonidan AKT bozorining hozirgi holati va ish izlayotgan yosh mutaxassislar oldida turgan muammolar haqida soʻz yuritdilar. “IT Talks” konferensiyasi tinglovchilari koʻplab yangi va foydali maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Manba: Axborot xizmati