Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida sayyor qabul boʻlib oʻtdi
    28.05.2021

    Navoiy viloyati Qiziltepa tumani olis choʻl hududi –“Yangi hayot” mahalla fuqarolar yigʻinida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyatining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

    Sayyor qabulda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati soha korxonalari hamda mobil aloqa operatorlarining viloyatdagi filial va boʻlim rahbarlari, mahalla fuqarolari va tadbirkorlar ishtirok etdilar.

    Sayyor qabul kun tartibida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar, koʻrilayotgan chora-tadbirlar hamda ushbu yoʻnalishda jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifati toʻgʻrisidagi, bir million dasturchi loyihasiga yoshlarni jalb etish va boshqa masalalar koʻrib chiqildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Yuridik va jismoniy shaxslar bilan ishlash boʻlimi rahbari J.Poʻlatov aholi va tadbirkorlik subyektlariga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatishni kengaytirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, “Raqamli iqtisodiyot” va “Elektron hukumat” tizimini yana-da rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼruza qildi.

    Shundan soʻng, sayyor qabul ishtirokchilari tomonidan hududda tezkor internet tarmogʻini yanada kengaytirish, mobil aloqa operatorlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va zamonaviy pochta aloqasi xizmatlarini tashkil etish hamda dasturlashga yoshlarni jalb etish boʻyicha 30 dan ortiq savol va takliflar berildi.

    Oʻrganish talab etiladigan murojaatlar koʻrib chiqish hamda ularni ijobiy hal qilish uchun roʻyxatga olinib, tegishli soha korxonalari va mobil aloqa operatorlariga yuborildi.

     

    Manba: Axborot xizmati