Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi
    27.05.2021

    Xususan, Boyovut va Xovos tumanlarida “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida tumanni raqamli transformatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda raqamli rivojlanish darajasini baholashning reyting natijalarini muhokamasiga bagʻishlangan kengaytirilgan uchrashuvlar oʻtkazildi.

    Uchrashuvda yigʻilganlarga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning viloyat hududiy boshqarmasi, Oʻzkomnazoratning Sirdaryo viloyati hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan tahliliy maʼlumotlar taqdim etildi.

    Boyovut va Xovos tumani hokimlarining raqamlashtirish boʻyicha masʼul oʻrinbosarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda tumanni raqamli rivojlanish darajasini baholashning reyting natijalarini yanada yaxshilash, har bir kamchilik hamda bajarilishidagi kechikishlarni bartaraf etish, shuningdek ijrosini taʼminlash boʻyicha tuman mutasaddilariga vazifalar belgilab berildi.

    Manba: Axborot xizmati