Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati Urgut tumanida sayyor qabul o`tkazildi
    27.05.2021

    2021-yil 26-may kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun AKT vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

    Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda mobil aloqa operatorlarining viloyat bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.

    Qabul davomida soha doirasida olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi hamda fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Sayyor qabul davomida 19 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushib, shundan 6 tasi joyida hal etildi, qolgan 13 tasi bo`yicha qo`shimcha o‘rganish o`tkazilishi belgilanib, mas`ullar biriktirildi va nazoratga olindi.

    Shuningdek, sayyor qabul davomida mobil aloqa operatorlari viloyat bo‘linmasi tomonidan tuman aholisi uchun sayyor xizmatlar ko’rsatildi.

    Manba: Axborot xizmati