Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Veon” kompaniyalar guruhi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
    26.05.2021

    Bugun, 26-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “Veon” kompaniyalar guruhi bosh vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda taʼkidlanganidek, telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish bozorini yanada rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, xususan, mobil aloqa kompaniyalarining samarali faoliyat olib borishlari uchun yurtimizda har tomonlama keng imkoniyatlar yaratib berilganini taʼkidladi.

    Uchrashuv chogʻida axborot texnologiyalari va eng yangi mobil texnologiyalarni joriy etish masalalari va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha fikr almashildi.

    Tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati