Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent viloyatida “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
    26.05.2021

    Toshkent viloyatida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK, Yagona integrator ”UZINFOCOM”, Vazirlik tizimidagi viloyat tashkilotlari hamda Oʻzkomnazorat viloyat boshqarmasi masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyatini “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida raqamli transformatsiya qilish dasturi loyihalari ijrosi yuzasidan joyiga chiqqan holda oʻrganish oʻtkazildi.

    Oʻrganish yakunlari boʻyicha Toshkent viloyatini raqamli transformatsiya qilish dasturida belgilangan 144 ta loyihalardan 98 tasi (68 foiz) toʻliq bajarilganligi, 29 ta (20 foiz) loyihalarning bajarilishi davom etayotganligi hamda 17 ta (12 foiz) loyihalar boʻyicha kechikish mavjudligi aniqlanib, ularni tezkor bartaraf qilish yuzasidan mutasaddilarga koʻrsatmalar berildi.

    Viloyatda namunaviy tumanlar etib belgilangan Piskent, Ohangaron, Toshkent tumanlarida raqamlashtirish boʻyicha loyihalarning amalga oshirilishi oʻrganildi. Jumladan, Piskent tumanini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” da belgilangan jami 34 ta loyihadan 33 tasi toʻliq bajarilganligi va 1 tasida kechikish mavjudligi, Ohangaron tumanini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha belgilangan jami 38 ta loyihadan 26 tasi toʻliq bajarilgan, 12 tasida kechikish mavjudligi,  Toshkent tumanida raqamli transformatsiya qilish boʻyicha jami 28 ta loyihadan 22 tasi toʻliq bajarilgan, 4 ta loyihada kechikish mavjudligi aniqlandi.

    Shu bilan birga, ishchi guruh tomonidan yigʻilish oʻtkazilib, “Raqamli Oʻzbekiston - 2030” strategiyasiga muvofiq Hududlarni reytingli baholashda “qizil” roʻyxatdan joy olgan tuman (shahar)da mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar oʻzaro muhokama qilindi.

    Yigʻilish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga oid Farmon va qarorlari ijrosini jadallashtirish va tumanlarning reyting koʻrsatkichlarini yaxshilash yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab olindi.

    Manba: Axborot xizmati