Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbektelekom” AK tomonidan Farg‘ona viloyatida to‘g‘ridan - to‘g‘ri sotuv aksiyalari o‘tkazilmoqda
    26.05.2021

    Bugungi kunda yangi raqamli xizmatlar, zamonaviy aloqa texnologiyalari orqali aholiga xizmat ko‘rsatish, mo‘ljallangan abonent qurilmasini sozlash, eng maqbul ta’rif rejasini tanlash zamonaviy yondashuvlarni talab qiladi.

    Mana shunday masalalarda aholiga ko‘mak berish maqsadida, “O‘zbektelekom” AK mutaxassislari tomonidan joriy yilning aprel va may oylari davomida Farg‘ona viloyatining Quvasoy, Uchko‘prik, Rishton aholi punktlarida  faol sotuv aksiyalari o‘tkazilib, har bir mahalladagi  aholi bilan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilindi hamda yangi xizmatlar doirasida shartnomalar imzolandi.

    Faol sotuvlarni tashkillashtirish orqali aholiga aloqa xizmatlariga bog’lanish,  optik texnologiyalar bo‘yicha yanada tezkor va ishonchliroq aloqa liniyalariga ulanish shuningdek, tariflar va qo‘shimcha xizmatlar bo’yicha maslahatlar beriladi.

    Shu bilan birga,  “O‘zbektelekom” AK tomonidan optik aloqa liniyalari orqali yuqori tezlikdagi Internetga ulanish uchun yangi abonent qurilmalarini bepul taqdim etish bo‘yicha aksiya o‘tkazilib,  100 metr kabel bepul taqdim etilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati