Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Fargʻona viloyatining Raqamli texnologiyalar markazi xodimlari “Urban.Tech Uzbekistan” Hakaton musobaqasida gʻolib boʻldi
    25.05.2021

    "Urban.Tech Hakaton" musobaqasida “Tibbiy yordamchi” loyihasi bilan qatnashgan Fargʻona viloyatining Raqamli texnologiyalar markazi xodimlari Salohiddin Turgʻunov, Ilhomjon Boltaboyev, Muhammadqodir Ahmadjonov va Bahrom Jalilovlar, shuningdek, tibbiyot yoʻnalishida maslahatchi Sarvinoz Ahmadjonova tomonidan taqdim etilgan loyiha birinchi oʻringa loyiq deb topildi.

    Bugun Hakaton musobaqasida donorlik va umuman, qon kasalliklari bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladigan “Tibbiy yordamchi” nomli dasturiy ilovaning asosiy qismi taqdim etildi.

    Maxsus dastur mobil ilova orqali yuklanadi. Asosiy donorlikka qaratilgan ushbu ilovani yaratishdan maqsad qon va qon beruvchilarga bogʻliq, respublika boʻyicha real talablarga mansub, noyob qon guruhlari, qon bilan bogʻliq kasalliklar va qon berishi mumkin boʻlgan donorlarni topib berishdan iborat.

    Afzallik xususiyatlari shundan iboratki, bugungi kunda har bir fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga qaysi qon guruhiga mansubligi toʻgʻrisida maxsus bosma qoʻyiladi. Shuningdek, respublikada mavjud barcha qon markazlarida roʻyxatda turadigan donorlarni ham mobil ilovaga kiritiladi.

    Mazkur ilovada barcha turdagi qon tahlillari javobini olish uchun turli joylarga borishga hojat qolmaydi. Negaki barcha qon tahlillari va qon kasalliklari boʻyicha maʼlumotlar umumiy bir bazada yaratiladi. Qon sinamasini qayerda topshirishingizdan qatʼiy nazar, barcha maʼlumotlar birgina umumiy bazada saqlanadi. Qon tahlili topshirgan fuqaroning natijalari olti oy mobaynida ilovada turadi. Barcha maʼlumotlarni onlayn tarzda koʻrib turish mumkin.

    Donorlik qilmoqchi boʻlgan insonlar uchun alohida boʻlim bor. U yerda donorlar haqida barcha maʼlumotlar (salomatligini isbotlovchi dalillar, qon guruhi) mavjud. Eʼtiborli jihati, yurtimizda donorlarni ragʻbatlantirish boʻyicha mukofotlar ham joriy qilingan.

    Ilovaning diqqatga sazovor tomoni shundaki, aynan koronavirus xastaligida qonning quyuqlashishi holatlari koʻp qayd etildi. Ana shunday damda qanday muolajalar olish va qonni normal holatga keltirish boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlmagan insonlar “Tibbiy yordamchi” ilovasi orqali kerakli maslahatlarni olishlari mumkin. Respublika qon quyish markazi mazkur loyihaga katta qiziqish bildirishdi va uni amaliyotda sinab koʻrish taklifi berildi.