Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “INHA Tashkent Summer School” yozgi oromgohi tashkil etilmoqda
    06.05.2021

    Toshkent shahridagi Inha universiteti 8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yozgi oromgoh tashkil etmoqda.

    Oromgohda bolalar 10 kun davomida  maroqli hordiq chiqarish bilan birgalikda quyidagi fanlar bo‘yicha tahsil olishlari mumkin:

    Veb-dasturlash (Java, C, Python);

    - Arduino asosida robototexnika;

    Matematika (mantiq va o‘yin ko‘rinishidagi matematika);

    Fizika (Unity dasturida 3D modellashtirish);

    Ingliz tili (nutqni rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish).

     

    Shu bilan birga, tashkilotchilar tomonidan ko‘ngilochar tadbirlar hamda tanlovlar o’tkazilishi rejalashtirilgan. 

    Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin: +99871 289 99 95, +99899 473 24 69.

     

    Manba: Axborot xizmati