Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan mahalliy hokimliklar xodimlarining malakasini oshirish kurslari tashkil etildi
    26.05.2021

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Xorazm viloyatidagi shahar va tuman hokimliklari xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

    Malaka oshirish kurslarida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boʻlim boshligʻi H. Habibullayev ishtirok etib, “Raqamli Oʻzbekiston - 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda bu borada tuman(shahar) hokimliklari oldida turgan vazifalar yuzasidan tinglovchilarga maʼruzalar qildi.

    Kurslar davomida tinglovchilarga “Raqamli Oʻzbekiston -  2030” strategiyasi mazmun-mohiyati, strategiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarning raqamli rivojlanish darajasini reytingli baholash natijalari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Bu esa oʻz navbatida hokimliklar xodimlarining mavzu doirasida olgan bilim va koʻnikmalarini kelgusida ish faoliyatida qoʻllash orqali “Raqamli Oʻzbekiston -  2030” strategiyasini samarali amalga oshirilishiga zamin yaratadi.

     

    Manba: Axborot xizmati