Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • YHHT DIIHB EBM ekspertlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
    25.05.2021

    Joriy yilning 25-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Ehtiyojlarni baholash missiyasi (YHHT DIIHB EBM) missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.  

    Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi.

    Uchrashuv davomida chet ellik mehmonlarga vazirlik faoliyatining yo'nalishlari, shu jumladan, saylovlarning ochiqligi va oshkoraligini ta'minlashga hamda saylovchilarga qulaylik yaratishga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni joriy etish doirasida ma'lumotlar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati