Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Eng yaxshi kompyuter brendlari tarixi
    24.05.2021

    Hozirgi vaqtda kompyuterlar hayotimizning bir bo‘lagiga aylanib ulgurgan. Protsessor blokining ovozi eshitilib turmaydigan, kompyuterning yumshoq nur sochib turadigan monitori yo‘q bo‘lgan xonadonni uchratish mushkul. Ular ish yuritishni osonlashtiradi, yangi hujjatlar va har xil matnlarni tez va sifatli tayyorlash va tahlil qilish, telefon aloqa orqali axborotlar bilan almashish, murakkab hisob kitoblarni tez bajarish va ishlab chiqarish jarayonini osonlashtiradi.

    Xo‘sh, birinchi kompyuterlar kim tomonidan va qachon yaratilgan? Uning qanday foydali va zararli tomonlari bor? Kompyuterda ishlashda nimalarga e’tibor berish kerak? Bu kabi savollarga quyida javob olishingiz mumkin:
     

    “IBM” - Tomas J. Watson mashhur amerikalik kompyuter ishlab chiqaruvchisi tomonidan yaratilgan. IBM o'zining logotipi rangidan keyin "Big Blue" nomi bilan ham tanilgan.. 1944 yilda Garvard universiteti bilan birgalikda IBM uzoq hisoblarni avtomatik hisoblash uchun birinchi mashina Mark 1 kompyuterini ixtiro qildi. IBM tomonidan ishlab chiqilgan kompyuterlar, dasturiy ta'minot va tizimlardan foydalanib, Oyga birinchi parvoz amalga oshirildi. Uzoq vaqt davomida IBM kosmik kemalarni kosmosga yuborish va kosmik kemalarning parvozlarini boshqarishda yordam beradigan kosmik dasturlari ishida bevosita ishtirok etadi.

    “Apple” - kompaniya asoschisi Stiv Jobs hisoblanib, uning sevimli mevasi olma edi. Shunda Stiv Jobs xodimlariga firma nomini o‘ylab topish uchun vaqt beradi, agar topa olishmasa yoqtirgan mevasini firma nomi sifatida qo‘yishini aytadi.  Bugungi kunga qadar Apple haqida ko‘plab kitoblar yozilgan va hatto to‘liq metrajli film ham suratga olingan. Apple juda boy tarixga ega. U Jobs garajidagi kichkina startapdan odamlarning raqamli texnologiyalar haqidagi g‘oyalarini o‘zgartirgan ko‘p milliardli korporatsiyaga aylangunga qadar qiziqarli yo‘lni bosib o‘tdi. Apple kompaniyasining asoschilaridan ikki kishi, ya’ni Stivlar juftligi- Voznyak va Jobsni deyarli hamma biladi. Kompaniyaning birinchi kompyuteri Apple-1'ning chakana narxi 666,66 dollarni tashkil qilgan.

    “HP (Hewlett Packard)” - Bill Xyulett va Deyv Pakkard bu firmaning asoschilari hisoblanishadi va ular firma nomi Hewlett Packard yoki Packard Hewlett bo‘lishi borasida kelisha olishmay tanga tashash orqali aniqlash lozimligini anglashadi va natijaga guvohsiz. Ushbu Amerika  kompaniyasi mahsulotlarining sifatli ekanligi, printerlar, kompyuterlar, aksessuarlar va butlovchi qismlar bilan dunyoda yetakchilik qilib kelmoqda. HP juda yuqori sifatli, samarali va mustahkam mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sifatida tanilgan va Amerikaning eng yirik kompaniyalar ro'yxatiga kirdi. Kompaniyaning aylanmasi shu qadar kattaki, unga faqat - Samsung Electronics va Apple raqobatchi hisoblanadi.

    “Dell” -  Amerikaning dunyoga mashhur kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniyasiga 1984-yilda Maykl Dell tomonidan asos solingan. Ko‘rinib turibdiki, kompaniya nomi asoschining familiyasidan olingan.  Bugungi kunda Dell - eng yaxshi kompyuter brendlaridan biri bo'lib, bu kompaniya taklif etadigan yuqori sifatli kompyuterning keng tanlovidir. Agar sizning kompyuteringiz aynan shu nom ostida bo’lsa, unda o'zingiz yoqtirgan narsani sozlashingiz mumkin. Dell kompyuterlari ixcham va zamonaviy, narxlari bo'yicha yuqori, ammo kuchli  ishlash xususiyatiga egadir.

    Lenovo” - kompaniyasiga1984-yilda Xitoy poytaxti Pekin shahrida Lyu Chuanchji ismli ishbilarmon tomonidan asos solingan. Kompaniya 1988-yilda Gongkongga ko‘chirilgan. Avvalroq kompaniya Legends nomi bilan yuritilgan, 2003-yilda rasman Lenovo sifatida o‘zgartirilgan. 1984-yilda yangi asos solingan kompaniyada bor-yo‘g‘i 11 ta xodim (ta’sischidan tashqari) faoliyat yuritgan.  Hozirgi Lenovo chinakam xalqaro kompaniyadir. Kompaniyaning ishlab chiqarish obyektlari Hindiston, Meksika, AQSh, Evropa shahrida joylashgan. Bugungi kunda Lenovo kompyuter savdosi va noutbuklar uchun birinchi o'rinda turadi. O‘z tarixi davomida Xitoy giganti IBM, NEC, Medion, Stoneware, CCE, Nutanix, Motorola kabi kompaniyalarning yirik aksiya paketlarini xarid qilgan. Lenovo sifatli mahsulotlar ishlab chiqargani bois Xitoyda juda tez rivojlandi.

     “Asus” - kompaniyasiga 1989-yilda Xitoyda asos solingan bo‘lib, xo‘jalik elektronikasini ishlab chiqarishga asoslangan. Uning nomi esa Pegasus (Pegas) —qadimgi Rim mifologiyasida qanotli ot atamasidan yasalgan. Pegasus so‘zining boshidan 3 ta harfni olib tashlashadi va ASUS nomli kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazishadi. Ular kompaniya nomi alifboning bosh harfi bilan boshlansa, telefon spravochniklarida ro‘yxatning boshida turishini ham o‘ylab chiqishgan.

     

    #qo’shimcha tavsiyalar

    Zamonaviy uskunalardan olinadigan zarar quyidagilardadir:

     

    • Ortiqcha yorug‘lik, ko‘rinmas bo‘lsa-da, monitor oynasidagi shu’lalar va tasvirning o‘chib-yonishi ko‘zni haddan ziyod taranglashuviga sabab bo‘ladi. Bundan ko‘z gavharining muskullari zo‘riqib, ko‘rish qobiliyati kundan-kunga susayib boradi, «toliqqan va quruq ko‘z» sindromi vujudga keladi. Bularning barchasi kelgusida katarakta kabi xafvli kasallikni keltirib chiqaradi

    • Kompyuterda ishlashda ko‘z mushaklarining uzoq vaqt davomida taranglashib turishi, hamda tasvirlarning tez-tez almashinuvi, aksariyat hollarda, toliqishga, bosh og‘riqlariga va uyqusizlikka sabab bo‘ladi

    • Turli xildagi axborotning kerakligidan ortig‘i bosh miyani o‘ta asabiylashtirib, bosh miya qobig‘idagi ko‘rish markazlari toliqadi

    • Bir joyda qadalib, uzoq vaqt o‘tirishda, bel mushaklariga va umurtqa suyaklari orasidagi disklarga ortiqcha og‘irlik yuklatiladi, buning oqibatida, o‘smirlarda – skolioz, kattalarda esa – osteoxondroz, kuchli bosh og‘riqlari va, hatto, nevralgiya kabi kasalliklar vujudga keladi

    • Kompyuter oldida uzoq o‘tirish: gipodinamiya, ruhsizlik kayfiyati, umumiy lohaslik, parishonxotirlik va immunitetning pasayib ketishiga sabab bo‘ladi

    • Muloqot va ko‘ngilxushlik uchun internetdan haddan tashqari foydalanish kuchli qaramlikka (mutelikka) olib keladi. Virtual hayot asta-sekin real voqelikning o‘rnini egallab, yaqinlar va do‘stlar bilan muloqot tobora qiziqtirmay qolib, odatiy qadriyatlar va intilishlar o‘z ma’nosini yo‘qotib qo‘yadi

    • Kompyuterdan nazoratsiz foydalanish bolalar uchun ham xavfli: internetdagi noma’qul (beadab so‘kishlar, pornografiya va h.k.) axborotlarning cheksizligi jiddiy salbiy oqibatlarga – turli xildagi ruhiy og‘ishlar va h.k.larga olib kelishi mumkin

     

    Hozirgi kunga kelib, kompyuterning shubhasiz afzalliklarini quyidagicha baholash mumkin:

    • Maxsus kompyuter dasturlari yordamida ish jarayonini maksimal darajada optimallashtirish va mehnat unumdorligini oshirish imkoniyati mavjud

    • Kompyuter hujjatlar, fotosuratlar va boshqa zarur axborotlarni saqlash uchun ishonchli joy xizmatini bajaradi

    • Global tarmoq turli xildagi ma’lumotlarni tezkor izlab topishga imkoniyat berib, bu o‘z navbatda, ish, o‘qish, hordiq va dunyoqarashni kengaytirish uchun juda qulaydir

    • Kompyuter cheksiz ko‘ngilochar manbasi bo‘lishi mumkin: internet tufayli sevimli musiqa, film va o‘yinlar tomon eltuvchi eshik hamisha ochiq

    • Maxsus xizmatlar yordamida do‘st va yaqinlar bilan istalgan vaqtda, dunyoning turli chekkasidan turib muloqot qilish mumkin

     

    Kompyuterdan samarali foydalanish, hamda, o‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘liqlarini salomat saqlash uchun bir-nechta oddiy qoidalarga rioya qilishingiz tavsiya etiladi:

     

    • Ko‘zlarning zo‘riqishini kamaytiruvchi zamonaviy keng o‘lchamli monitorlardan, qulay yassi klaviaturadan, shinam ofis stullaridan foydalanish. Salomatligingiz va, ayniqsa, ko‘zlaringiz uchun zararli bo‘lgan eskirgan elektrnurli monitorlardan voz keching

    • Agar yangi monitor harid qilganingizdan so‘ng, salomatligingiz yomonlashganini – bosh og‘riqlari, ko‘z bosimi va asabiylashish kabi belgilarni sezsangiz, uni noto‘g‘ri moslagan bo‘lishingiz ehtimoldan xoli emas. Monitordagi rangli tuslarni to‘g‘ri moslashtirish nihoyatda muhimdir

    • Monitorni yoritish manbasiga nisbatan 90° da joylashtirish lozim, shunda shu’lalar bo‘lmaydi

    • Kompyuter oldida to‘g‘ri joylashib o‘tirishingiz lozim – mutaxassislar undan 50-70 sm masofada bo‘lishni tavsiya etadilar: bel va bo‘yin tekislanib, yelkalar bo‘sh qo‘yilib, oyoqlar polda yoki maxsus tirkaklarda qulay joylashtirilishi, monitor ko‘z nigohi bilan bir xil darajada bo‘lishi, qo‘l va bilaklar bir tekisda joylashtirilishi lozim. Shunda, bo‘yin va bilaklardagi taranglik bo‘shaganini sezasiz

    • Mehnat va hordiq tartibining to‘g‘ri tuzilishi. Ish davomida, har soatda, albatta, tanaffus qilib turish kerak. Bunda televizor ko‘rmaslik va kompyuterdan umuman foydalanmaslik muhimdir. Hordiqning eng optimal ko‘rinishi – o‘tirib-turish, yurish, qo‘l panjalari, ko‘z va umurtqa pog‘onasi uchun maxsus mashqlar bajarish

    • Har kuni, juda bo‘lmaganda, bir soat toza havoda sayr qilish va jismoniy mashqlar bajarish lozim

    • Bolalarning kompyuterdan foydalanishini qattiq nazorat qilish: yosh bolalar uchun undan foydalanish vaqti bir kunda 30 daqiqadan oshmasligi kerak. Bu yerda, kompyuterga ota-ona nazoratini ta’minlovchi maxsus moslamani o‘rnatish lozim

    • Haftada, iloji boricha, bir-ikki kun kompyuterdan umuman foydalanmaslik darkor. O‘zingizni ortiqcha axborotdan xolis qilishga harakat qiling, zero, «axborot chiqindilari» xotiraga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

    • Imkon darajada, vitamin va minerallarga boy ozuqa mahsulotlari bilan ovqatlaning. Ko‘z va bo‘g‘inlarning normal ish faoliyatini ta’minlab turish uchun vitamin A va kalsiyga boy mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish zarur. Buta (chernika) mevasi, o‘ti va uning turli qo‘shimchalari ko‘rish apparatini normada saqlaydigan moddalarga boydir

    • Shuningdek, kompyuter uchun, bugungi kunda har xil ko‘rinish va qiymatda mavjud bo‘lgan maxsus ko‘zoynaklarini xarid qilish mumkin.

     

    Manba: Axborot xizmati