Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nigmatovich Aripov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi
    24.05.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, davlat idoralaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va iqtisodiy qudratini yuksaltirish, muhim strategik loyihalarni hayotga tatbiq qilish borasidagi ulkan xizmatlari, ibratli faoliyati hamda tavalludining 60 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.

    Abdulla Nigmatovich, sizni «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlanganingiz va muborak 60 yoshga to‘lishingiz – yubiley sana bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hay’ati va jamoasi samimiy tabriklaydi!

    Vatanimiz taraqqiyoti, ko‘p millatli xalqimiz farovonligini ta’minlash borasida amalga oshirayotgan ishlaringiz hamda xalqimiz ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirishdagi fidoiyligingiz, zamonaviy fan va texnika yutuqlarini hayotga tatbiq etishdagi jonkuyarligingiz, ko‘p yillik zahmatli, fidokorona mehnatingizdan 30 mingga yaqin soha xodimlari faxr-u iftixor bilan g‘ururlanadi va yuksak ehtirom bildiradi.

    Soha xodimlari har doim Sizning sohaga bo‘lgan e’tiboringizni his qilib turadi shu sababli ham barcha imkoniyatlarini ishga soladi.

    Ushbu qutlug‘ kunda Sizga va oila a’zolaringizga mustahkam sog‘lik, xonadoningizga xotirjamlik va fayzu-baraka tilaymiz.

    Manba: Axborot xizmati