Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyati Do’stlik tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
    20.05.2021

    Jizzax viloyati Do’stlik tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun AKT vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

    Sayyor qabulda Vazirlik tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korxona, tashkilot va muassasalarning viloyatdagi tarkibiy bo‘linmalari hamda mobil aloqa operatorlari viloyat bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.

    Qabul davomida soha doirasida olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

    Sayyor qabul davomida  aloqa va telekommunikatsiya, radio va televideniye, axborot texnologiyalari sohasi bo’yicha fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar  hal etilib, o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi va o‘rganib chiqish uchun tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

    Bundan tashqari mobil aloqa operatorlari viloyat bo‘linmalari tomonidan tuman aholisi uchun sayyor xizmatlar ko’rsatildi.

    Manba: Axborot xizmati