Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park Jizzax filialiga direktor tayinlandi
    20.05.2021

     IT Park  Jizzax filiali direktori lavozimiga Muhitdinova Nazira Batirxanovna tayinlandi.

    N. Muhitdinova shu vaqtga qadar, “Raqamli texnologiyalar o’quv markazi” hududiy rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Shu bilan birga, N. Muhitdinova Jizzax davlat pedagogika instituti ingliz tili nazariyasi va o’qitish metodikasi kafedrasi (PhD) katta o’qituvchisi va “BEST” innovatsion ta’lim markazi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    N. Muhitdinova Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil olgan. 1986-yilda Jizzax shahrida tugʻilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati