Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park va “Coursera” onlayn ta’lim platformasi hamkorligi yo‘lga qo‘yilmoqda
    17.05.2021

    IT Park dunyoga mashhur “Coursera” onlayn taʼlim platformasi bilan hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi. Endilikda IT Park va “Coursera” onlayn taʼlim platformasi  bir qancha yirik loyihalar ustida hamkorlikni amalga oshiradi.

    Aytib otish kerak, “Coursera” – bu Stenford universiteti kompyuter fanlari professorlari Endryu In va Dafne Koller tomonidan 2012-yilda tashkil etilgan ulkan, global onlayn taʼlim platformasi bo‘lib, dunyoning eng yaxshi universitetlari va kompaniyalarining taʼlim yoʻnalishidagi turli yo‘nalishlarda nashr etiladigan videomateriallarini oʻzida mujassamlashtirgan.

    Oʻtgan yil davomida “Coursera” onlayn taʼlim platformasi Oʻzbekiston aholisiga platforma kurslariga bepul kirish imkoniyatini taqdim etdi. Natijada, oʻzbekistonlik 5000 dan ortiq foydalanuvchilar platformada roʻyxatdan oʻtdilar va turli yoʻnalishlarda ta’lim oldilar.

    Manba: Axborot xizmati