Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Janubiy Koreyaning KOICA agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihaning taqdimot tadbiri o‘tkazildi
    07.05.2021

    Asosiy Yangiliklar Janubiy Koreyaning KOICA agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihaning taqdimot tadbiri o‘tkazildi.

    Joriy yil 7-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning Samarqand filialida Janubiy Koreya Respublikasining KOICA agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Ma’lumot markazi” - namunaviy ma’ruza xonalari va kompyuter sinflari, shuningdek ishlab chiqilgan axborot tizimlarining taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari J.Egamberdiyev hamda mehmon sifatida Koreya Respublikasining KOICA agentligi direktori Sunjin Park xonim boshchiligidagi vakillari ishtirok etdilar.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 22-25-noyabr kunlari Koreya Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi doirasida 2018-2019-yillarda hamkorlik dasturini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashinuv memorandumi imzolangan. Ushbu memorandumda nazarda tutilgan 2018-2019-yillarda hamkorlik dasturiga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun integratsiyalashgan universitet tizimini tashkil etish va taqdim etish grant loyihasi ham kiritilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi va Janubiy Koreya davlatlari strategik hamkor bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik rishtalari kundan-kunga mustahkamlanib bormoqda. Bu hamkorlik aloqalari iqtisodiyotning ilg‘or sohalarida, jumladan, ta’lim va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida ham o‘z aksini topmoqda.

    Ta’lim yo‘nalishida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Janubiy Koreyalik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan turli loyihalar bunga misol bo‘la oladi.

    Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, AKT sohasida ta’lim yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha Janubiy Koreyaning KOICA agentligi bilan amalga oshirayotgan loyihalar va Agentlik tomonidan ajratilayotgan beg‘araz ko‘mak mablag‘lari Respublikamizda AKT ta’lim tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda.

    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning Samarqand filialida amalga oshirilayotgan “Integratsiyalashgan universitet axborot tizimini tashkil etish va taqdim etish” loyihasi ana shunday loyihalardan biri bu hisoblanadi.

    Mazkur grant loyihasi doirasida yetkazib berilgan qurilmalar universitetning infrastrukturasini rivojlantirishga hissa qo‘shsa, Janubiy Koreyalik hamkorlar tomonidan ishlab chiqilgan taʼlim jarayonini boshqarish axborot tizimi va onlayn hizmatlar portali universitetning taʼlim xizmatlari sifatining oshishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

    Shu o‘rinda butun dunyoda avj olgan Kovid-19 bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat ko‘plab loyihalarni amalga oshirilishi va muvaffaqiyatli yakunlanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Biroq, epidemiologik vaziyatlarni to‘g‘ri baholab mazkur loyihaning to‘liq amalga oshirilishi ikki karra yutuq deb hisoblash mumkin.

     

    Manba: Axborot xizmati