Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Entrepreneurship World Cup-2021” tanlovining mintaqaviy bosqichiga start berildi
    05.05.2021

    IT Park hamda Hindistonning “The Global Educational & Leadership Foundation” jamgʻarmasi hamkorligida Oʻzbekistonda o‘tkazilayotgan “Entrepreneurship World Cup-2021” tanlovining mintaqaviy bosqichiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

    “Entrepreneurship World Cup-2021” - tadbirkorlik boʻyicha jahon chempionati boʻlib, unda dunyoning 200 dan ortiq mamlakati qatnashadi. Oʻzbekistondan ham tadbirkorlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

    Chempionatning hamkorlari Misk Foundation (Saudiya Arabistoni), Global Entrepreneurship Network (AQSH) va The Global Education & Leadership Foundation (Hindiston) jamgʻarmalaridir. IT Park – chempionatning rasmiy mintaqaviy hamkori boʻlib, tadbirkorlarga oʻz biznesini boshlash va kengaytirishda yordam bermoqda.

    Dastur mintaqaviy bosqich gʻoliblariga oʻz startap loyihalarini xalqaro bosqichda namoyish qilish va umumiy miqdori 1 million AQSh dollari, shuningdek, qoʻshimcha investitsiya imkoniyatlari va sovrinlar shaklida 750 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlari uchun raqobatlashish imkonini beradi.

    Chempionatning milliy bosqichi 2021-yilning iyun oyi oxirigacha boʻlib oʻtib, noyabr oyida esa, milliy tanlovlarning eng yaxshi startap-gʻoliblari global finalda ishtirok etishlari va oʻz loyihalarini xalqaro hakamlar hayʼati oldida taqdim etishlari mumkin.

    Ushbu tanlovda qatnashish istagidagi tadbirkorlar joriy yilning 6-iyuniga qadar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin:  https://clck.ru/Q4Dtg

    Manba: Axborot xizmati