Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Rasmiy bayonot
    18.04.2021

    “Elektromagnit moslashuv markazi” Davlat unitar korxonasi tomonidan, amaldagi qonunchilikka muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy vakansiyalar bazasi - ish.mehnat.uz veb-saytida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot beriladi.

    ish.mehnat.uz veb-saytida, Yashnobod tumani Bandlika ko‘maklashish markazi tomonidan yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasiga muvofiq korxona nomi to‘liq kiritilmagan. Shu sababdan, yuqori tashkilot nomi keltirilib, Markazning to‘liq nomi ko‘rsatilmagan.

    Ushbu vaziyat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, “Elektromagnit moslashuv markazi” (yuridik va pochta manzili Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 15 uy) Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida dam olish maskaniga ega.

    Darhaqiqat, shtat jadvaliga muvofiq, bugungi kunda dam olish maskanining oshxona qismida bo‘sh ish o‘rni, ya’ni “taom tarqatuvchi” mavjud bo‘lib, ushbu lavozim ish.mehnat.uz veb-saytida kasb nomi tanlanganda “choy tarqatuvchi” sifatida tasnif etilgan. Hozirgi kunda mazkur dam olish maskanining faoliyati koronavirus pandemiyasi tufayli vaqtincha to‘xtatilgan.

    «Izohlar» ustunida mazkur ish o‘rni, Bo‘stonliq tumani Xondoyliq qishlog‘ida joylashgani yozilganligiga qaramay, Yashnobod tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari, murojaat qilib kelgan fuqarolarga, “Elektromagnit moslashuv markazi”ning ma’muriy binosi joylashgan, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 15 uy manzilida bo‘sh ish o‘rni mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot bermoqdalar.

    Shuni ta’kidlash joizki, ba’zi bloggerlar kontentni taqdim etishda umumiy kontekstning alohida iboralaridan foydalanganlar, bu esa o‘z navbatida ob’ektiv ma’lumotlarning buzilishiga olib kelganligini, Sizga ma’lum qilamiz.