Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryo viloyati Qumqo’rg’on tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    28.04.2021

    Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

    Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri joriy yilning 27-aprel kuni Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumanida  o‘z ish faoliyatini boshladi. Ushbu o‘quv markaz Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan o`n birinchi o‘quv markazi hisoblanadi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazini ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, tuman hokimligining rahbar va xodimlari, mehnat faxriylari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

    Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanishdasturlashdizaynkompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Qisqacha qilib aytganda, o‘quv markazida aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari hamda malakasini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.