Bugun, 29-aprel Internetda o‘zbek domen “.UZ” yaratilganiga 26 yil bo‘ldi.
Domen zonasi uchun ariza 1995-yilda ICANN (Internet Corporation for Assigned Names and Numbers) tomonidan ma’qullandi va “.UZ”- O‘zbekiston Respublikasining yuqori darajadagi milliy domeni” paydo bo‘ldi.
Taqqoslash uchun aytadigan bo‘lsak, domen soni 23 yil davomida 60 mingni tashkil etgan bo‘lsa, so‘nggi 3 yil ichida 32 mingtaga ko‘payib bugungi kunda domenlarning umumiy soni 92 mingni tashkil etadi. O‘zbekistonning domen zonasi faol rivojlanmoqda.
Ma‘lumot uchun:
2003-yil mart oyidan buyon “.UZ” — milliy domenining ma’muri Yagona integrator UZINFOCOM hisoblanadi. Milliy domenni boshqarish huquqi ICANN Internet korporatsiyasi bilan imzolangan shartnomaga muvofiq belgilangan bo’lib, “.UZ” domenni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar 25 tashkilot tomonidan taqdim etiladi.
Manba: Axborot xizmati