Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Teleradiouzatuvchilarga maxsus avtomashinalar topshirildi
    29.04.2021

    Toshkent teleminorasida «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK tomonidan hududiy bo‘linmalarga maxsus avtomashinalar topshirildi.

    Unda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov va «RRTM» DUK mutasaddi rahbarlari, hududiy markazlar vakillari ishtirok etdi.

    «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK Markaziy Osiyoda teleradioeshittirish tizmining eng katta tarmog‘iga ega – uning tarkibida 126 ta antenna-matcha inshootlari bor. Shundan 28 tasi 100 metrdan baland. Toshkent teleminorasining balandligi 375 metr bo‘lsa, Uchqizil 350 metr, Guliston, Navoiy, Qo‘ng‘irot, Taxtako‘pir minoralari 250 metr balandlikka ega. Markazning asosiy faoliyat turi teleradiodasturlarni iste’molchilarga yetkazish hisoblanadi. Bu jarayonda respublikamiz mintaqalarida joylashgan radioteleuzatish markazlarning o‘rni alohida. Teleminoralar cho‘l, tog‘li hududlarda, turli balandlikda joylashgan. Bu yerda xizmat qiladiganlar tabiat injiqliklari bilan olishib ishlashga, 10-15 kunlab oiladan uzoqda mehnat qilishlariga to‘g‘ri keladi. Albatta, «RRTM» DUK ularga qulay mehnat va dam olish sharoitlari yaratib bermoqda.

    Tadbirda bu haqda AKT vaziri Shuhrat Sodiqov ham to‘xtalib, mana bugun mehnatlaringizni yanada osonlashtirish maqsadida sizlarga tog‘li va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarga mo‘ljallangan yo‘ltanlamas maxsus avtotransport vositalari topshirilmoqda, bu texnika mushkullariningizni yengillashtirishiga, xizmat sifatini oshirishga xizmat qiladi, dedi.

    Shundan so‘ng radioteleuzatish markazlari rahbarlariga maxsus avtomashinalar kalitlari topshirildi. Yig‘ilganlar Toshkent teleminorasi bo‘ylab sayohat qilishdi.

     

    Manba: Axborot xizmati