Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O'zbektelekom” AK Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida yangi zamonaviy ofislarni foydalanishga topshirdi
    27.04.2021

    “O'zbektelekom” AK tomonidan  respublika bo‘ylab sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarini modernizatsiya qilish hamda yangilash bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, Toshkentning Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida yangilangan sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislari ishga tushirildi. Mazkur ofislar “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha “ikki karra” faoliyat yuritib, bir joyning o‘zida abonentlar telekommunikatsiya xizmatlarining barcha turlariga ulanishlari, to‘lovni amalga oshirishlari va servisdan foydalanish imkoniga ega, shuningdek dunyo brendlarining abonent qurilmalarini xarid qilishlari ham mumkin.

    Bu esa, aholining “O'zbektelekom” AK milliy operatori barcha xizmatlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini yaratadi.

    Ofislarning manzillari:

    • Chilonzor tumani — Chilonzor-M dahasi, Kichik Halqa Yo‘li ko‘chasi, 8А;
    • Mirzo Ulug‘bek tumani — Sayram ko‘chasi, 7-proyezd, 2-uy.

     

    Manba: Axborot xizmati